O’zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori Q.Mamutov hamda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi X.Elliyev o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔹 Hamkorlik memorandumi doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari, o‘quv-seminarlar va metodik tadbirlar tashkil etiladi.
🔹Shuningdek, pedagoglarning professional o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, ta’limda innovasion yondashuvlarni joriy etish borasida ikki tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.




