NUKUS FILIALIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Nukus filialida malaka oshirish kurslari tinglovchilarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni samarali o‘zlashtirishlari uchun professor o‘qituvchilar tomonidan seminar trening o‘tkazish grafigi ishlab chiqilgan. Shu rejaga asosan «Sроrt psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar» kafedrasi assistent o’qituvchilari Adilova Nodira va Biysenbaev Islambeklar tomonidan aprel oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar va onlayn malakasini oshirayotgan “Jismoniy tarbiya instruktorlari” yo‘nalishi tinglovchilari uchun darsdan bo’sh vaqtlarida Xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv seminarlar tashkil qilingan.