Jopriy yilning 14-fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Orazbaeva Navbahor Mratbaevna tomonidan “Gandbol” guruhiga “Sport faoliyatida organizm fiziologik holatlariga umumiy tavsif ” mavzusida ochiq dars o‘tildi.
Ochiq darsda sportchilarni musaboqaga tayyorlash, start oldi holati, tayyorgarlik jarayonida organizmda bo‘lib o‘tadigan jarayon va stress holatidan chiqarish haqida ma’lumotlar berildi va mavzu “Assisment”, “Romashka”, “Klaster” metodlar yordamida mustahkamlandi.




