Joriy yilning 26-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Allanazarov olib bordi.
Yig’ilishda joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va sportchilarning yutuqlari, keyingi yarim yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek Paralimpiya oʻyinlari bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori Q.Mamutov Nukus filialida malaka oshirish kurslari rejasining bajarilishi hamda 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.




