Nukus filiali tomonidan seminar tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-son qarorining mazmun mohiyati va jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi bo‘yicha Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali tomonidan joriy yilning 22-avgust kuni onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va jismoniy tarbiya instruktorlari ishtirok etishdi.

Seminar doirasida:
Malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan jismoniy tarbiya fani va sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilarning kasbiy faoliyat natijalarini baholash mezonlari yuzasidan tushuntirish olib borildi hamda o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.