Nukus filiali tomonidan Buxoro viloyati tumanlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun seminar tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-son qarorining mazmun mohiyati va jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi bo‘yicha Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali tomonidan joriy yilning 25-avgust kuni Buxoro viloyati tumanlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va jismoniy tarbiya instruktorlari uchun onlayn seminar tashkil etildi.