E.Allambergenov tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 28-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–860-son Qonuni mohiyati va ahamiyatini keng targʻib qilish hamda tushuntirish maqsadida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi, p.f.b.f.d (PhD) E.Allambergenov tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.