Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Nukus filialida joriy yilning 29-avgust kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish kun tartibi bo‘yicha o‘quv yilining ikkinchi yarim yiliga tayyorgarlik ko‘rish, kafedra rejasida qo‘yilgan vazifalar, bajarilishi va sentabr-dekabr oylari uchun 3+1 tizimining joriy etilishi yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.




