Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 13-sentabr kuni «Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi M.Axmedova tomonidan filial professor –o‘qituvchilariga «Jamoa munosabatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningda Insonlar oʻrtasidagi munosabatlarni shakllantirish, psixologik yondashish boʻyicha tushunchalar berildi. Trening ishtirokchilari psixologik mashqlarni amalda sinab koʻrishdi. Trening qiziqarli mashqlar bilan ishtirokchilarda keng tafsilotlar qoldirdi.




