Nukus filialida “Karate sport turida sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirish usullari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Nukus filialida joriy yilning 22-sentyabr kuni filial ish rejasining bajarilishi yuzasidan va o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilish maqsadida sentyabr oyi Sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchi yo‘nalishi tinglovchilari uchun Karate WKF sport turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi R.Kaljanov bilan “Karate sport turida sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirish usullari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Karate sportida sportchilarning jismoniy sifatlarini oshirish usullari haqida maʻlumotlar berildi.Tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.