O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 98 ball toʻplagan “Erkin kurash” sport turi bo‘yicha malakali trener Yembergenov Berdishukur Saatbergenovich tomonidan tomonidan 22-sentabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi sportning yakka kurash turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida “Erkin kurash” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi J.Kaypov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov va sportchilar ishtirok etdilar.




