Nukus filiali xodimlari tomonidan Xorazm viloyatida seminar tashkil qilindi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 25-sentabr kuni erta tongda Nukus filiali xodimlari tomonidan Xorazm Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida seminar tashkil qilindi, seminardan so‘ng Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining mashg‘ulotlari (4-haftasi) amaliy tarzda (oflayn) sport bazalarda boshlandi.