Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda tashkil qilinayotgan amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. Bugun 26-sentabr kuni Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi o‘qituvchisi D.Bekmuratov tomonidan Xorazm Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil qilindi.




