Nukus filiali tinglovchilari uchun Xorazm viloyati 42-son maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliy dars tashkil qilindi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda tashkil qilinayotgan amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. Bugun 26-sentabr kuni Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi o‘qituvchisi P.Bazarbaev tomonidan Xorazm viloyati 42-son maktabgacha ta’lim tashkilotida Jismoniy tarbiya instruktorlari yoʻnalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish uslubiyati” modulidan 3+1 tizimi asosida amaliy mashgʻulot tashkil qilindi.