Nukus filialida “OITS ga qarshi kurashish” mavzusida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 10- oktabr kuni Nukus filialida “OITS ga qarshi kurashish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Respublika OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) ga qarshi kurash markazi shifokorlari G. Habipova, I.Baynazarovlar va filial xodimlari, oktabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari, ishtirok etishdi.

Seminarda kasallikning rivojlanishi sabablari, OIV(odamda immun tanqisligi virusi) ning qanday yuqishi, dastlabki alomatlari, kasallik haqida ko‘plab noto‘g‘ri tushunchalar mavjudligi, qanday hollarda yuqmasligi haqida ma’lumotlar berildi. Seminar yakunida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.