Nukus filialining “Basketbol” guruhi tinglovchilariga Sport pedagogik mahoratini oshirish modulidan amaliy dars tashkil qilindi.

Joriy yilning 12-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali oktabr oyi “Basketbol” guruhi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi M.Atashov tomonidan Nukus filiali sport zalida “Sport pedagogik mahoratini oshirish” modulidan amaliy dars tashkil qilindi.

Unda tinglovchilarga amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.