2023-yil 14-oktabr kuni Nukus filialida oktabr oyi malaka oshirish kursi “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yoʻnalishi Badiiy gimnastika va sport gimnastikasi guruhi tinglovchilariga “Sport psixologiyasi, ijtimoiy -tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Orazbaeva Naubaxar Mratbaevna tomonidan “Sport nutritsiologiyasi” moduli bo‘yicha “Sport nutritsiologiyasi modulining maqsad va vazifalari. Makronutrientlar, mikronutrientlar” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.
Ochiq darsda ovqatlanish tizimini belgilovchi omillar majmuasi, ozuqa moddalarning inson organizmiga ta’siri, ovqatning organizmga so‘rilishi haqida keng tushunchalar berildi. Tinglovchilar darsda faol ishtirok etdilar.




