Nukus filialida koʻchma amaliy mashgʻulot tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi o‘qituvchisi O.Omirzakov tomonidan joriy yilning 25-oktabr kuni Badiiy gimnastika guruhi tinglovchilariga  «Musobaqa va o‘quv-mashg‘ulot faoliyati» modulidan Nukus shahar Respublika gimnastika sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi Badiiy gimnastika bazasida koʻchma amaliy mashgʻulot tashkil etildi.Tiglovchilar jarayonning amalda bajarilishini kuzatishdi va amaliy tushunchalar berildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.