Nukus filialida “Sport faoliyatida organizm fiziologik holatlariga umumiy tavsif” mavzusidagi ochiq dars

Joriy yilning 10-noyabr kuni Nukus filialida  “Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Orazbaeva Naubaxar Mratbaevna tomonidan“Sport turlari bo‘yicha trenerlar” yo‘nalishi Stol tennis guruhi tinglovchilariga “Sport fiziologiyasi” modulidan “Sport faoliyatida organizm fiziologik holatlariga umumiy tavsif” mavzusidagi ochiq dars tashkil etildi. Mavzu tuzilgan reja asosida yoritib berildi. Tinglovchilarga sport bilan shug‘ullanish davrida sportchilarning  organizmida bo‘lib o‘tadigan fiziologik holatlar haqida keng tushunchalar berildi. Ochiq dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi.