Nukus shahar 2-son sport maktabi bazasida mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 92 ball toʻplagan “Boks” sport turi bo‘yicha malakali trener Uteniyazov Raxat Yerniyazovich tomonidan 17-noyabr kuni Nukus shahar 2-son sport maktabi zalida “Boks” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi D.Bekmuratov va sportchilar ishtirok etdilar.