Nukus filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari tashkil qilindi

Bugun 22-noyabr kuni Nukus filialida filial xodimlari tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari hamda jismoniy tarbiya yo‘riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi xodimlari va professor- o‘qituvchilar tomonidan 3+1 tizimi asosida tashkil etilayotgan amaliy mashg‘ulotlarning sifatli o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida noyabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga amaliy mashg‘ulotlarning o‘tkazilish tartib-qoidalari bilan tanishtirib o‘tildi.