“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davaltimiz taraqqiyoti poydevori”

2021- yil 7-dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davaltimiz taraqqiyoti poydevori” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda filialning professor- o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilar ishtirok etishdi. Tadbirni direktorning o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari J. Abatov so‘zga chiqib barchani bugungi bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi P.f.n dotsent E.Tleuov so‘zga chiqib Konstitutsiya qabul qilinish jarayonlari va kiritilgan o‘zrartirishlar haqida ma’lumotlar berdi va boblar va moddalarga to‘xtalib o‘tdilar.