Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Nukus filialida joriy yilning 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan sentabr oyi malaka oshirish kursi guruhlarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” mavzusida mustaqillik darslari oʻtildi. Darslarda mamlakatimizda boʻlib oʻtayotgan yangiliklar, yangi oʻzgarishlar haqida ma’ruzalar oʻqildi.




