Nukus filialida joriy yilning 22-sentabr kuni «Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri, t.f.n. N.A.Tleubergenova tomonidan filial xodimlariga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Unda Strategiyada belgilangan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha qoʻyilgan 100 ta maqsad haqida alohida ma’lumotlar berildi. Xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.




