Nukus filialida malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish maqsadida 21-sentabr kuni O‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Abatov Jumabay va Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Kaipov Jaxangerlar Xorazm viloyati Urganch shahrida xizmat safarida bo’ldi.
Safar shogʻida Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida va Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’lim bosh boshqarmasi tasarrufidagi pedagoglarning malaka oshirish markazida boʻlib u erlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.





