Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirga Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri, PhD E.M. Tleuov taklif qilindi. Mazkur tadbirda xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, oilalarda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish borasida amaliy ishlar haqida maʻlumotlar berildi.




