Nukus filialida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 10-iyun kuni Nukus filialida filial xodimlari ishtirokida “Korrupsiya ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida: tushunchasi, belgilari, mohiyati, oqibatlari va javobgarligi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarni O‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Abatov ochib berdi va korrupsiyaning jamiyatimiz rivojiga salbiy tasiri va bu bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan chora tadbirlar haqida maʼlumotlar berdi. Seminarga mutaxassis sifatida Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” kafedrasi mudiri, PhD E.M. Tleuov taklif qilindi. E.M. Tleuov o‘z so‘zida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishga qaratilgan davlat siyosati haqida maʼlumotlar berib o‘tdi.