🔵Nukus filialida yangi hamkorlik aloqalari . . .

Joriy yilning 18-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va Qozog‘iston Respublikasi Almati shahri «Qazaq sport va turizm akademiyasi» notijorat aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik memorandumini tuzishdan maqsad: yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlash, soha vakillarini xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish.