Joriy yilning 12-may kuni Qoraqalpoq davlat universitetida “Professional ta’lim sohasida jismoniy tarbiya va sport: muammolar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy, nazariy anjuman o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori dots. Q.Mamutov va “Jismoniy tarbiya,sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Atashov va B.Jienbayevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.




