O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 87 ball toʻplagan “Trampolin” sport turi bo‘yicha malakali trener Musaeva Baxi’tgul Sultamuratovna tomonidan 21-oktabr kuni Nukus shahar Respublika gimnastika sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida “Trampolin” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayyonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i J.Kaipov, bosh mutaxassis B.Jiyemuratov, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri v.v.b. A.Xojametov, “Badiiy gimnastika” guruhi tinglovchilari va sportchilar ishtirok etdilar.




