Nukus filiali mutaxassislari 3+1 tizimi bo‘yicha amaliy darslar o‘tkaziladigan joylar holati bilan tanishdi.

2023-yil 23-oktabr kuni Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i asosida 3+1 tizimiga muvofiq Nukus filiali O‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Abatov Jumabay va Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Kaipov Jaxangerlar Buxoro viloyatiga yetib borishdi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joylardagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.