Nukus filialida seminar tashkil etildi

Nukus filialida 2-noyabr kun noyabr oyi “Sport ta’lim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi tinglovchilariga seminar tashkil etildi. Seminarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4583-son qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Bundan tashqari reja asosida tashkil etiladigan seminarlar, mahorat darslari, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartib qoidalari yuzasidan tushunchalar berildi. Seminarda ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan tegishli javoblar oldilar.