Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali xodimlarning Antropometrik ( jismoniy rivojlanganlik ) ko‘rsatkichlari olindi

Joriy yilning 6-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida sport targ‘ibotchisi I.Baymuratov tomonidan filial professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining Antropometrik (jismoniy rivojlanganlik, semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash va h.k.) ko‘rsatgichlari o‘rganib chiqildi va xodimlarga salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha tushunchalar berildi.