Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus filialida filial kutubxonachisi N.Dauenova tomonidan joriy yilning 8-noyabr kuni noyabr oyi malaka oshirish kursi “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilari” tinglovchilari uchun “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi. Ko‘rgazmada tinglovchilar filial kutubxonasidan joy olgan adabiyotlar, o‘quv-qo‘llanma hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan tanishishdi.