Nukus filialida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 8-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial rejasiga asosan “Sport ta’lim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi tinglovchilari uchun Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining “Taekvando” sporti bo‘yicha oliy toifali treneri N.Daryabaev va “Kamondan otish” sport turi bo‘yicha 2-toifali trener M.Rejepovalar ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan sohaga oid ma’lumotlar aytib o‘tildi. Ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarini oldilar.