O‘zbekiston Davlat Bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlab Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida noyabr oyi malaka oshirish kursi Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchi yo‘nalishi tinglovchilari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n N.Tleubergenova ochib berdi. Ushbu tadbirda N.Tleubergenova tinglovchilarga bayroq so‘zining lug‘aviy maʼnosi, uning paydo bo‘lishi hamda mustaqil O‘zbekistonning bayrog‘ini qabul qilinish tarixi, bayroq ranglari va undagi ramzlarni kelib chiqishi va qaysi maʼnoni anglatishi haqida so‘zlab berdi.
n
n



