“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab 🏃“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari O‘temuratov Bayram Perdebayevich ochib berdi va ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Ishtirokchilarga musobaqa shartlari va qoidalari tushuntirilib 07:40 musobaqaga start berildi.
Ushbu musobaqada Nukus filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etishdi.