“Mini-futbol”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Jismoniy tarbiya va sport Vazirining 2020 yil 7-noyabrdagi 1315-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Nukus filialida haftaning har juma kuni “Sport kuni” deb belgilangan. Shu munosabat bilan 2021- yil 10-dekabr kuni filialda direktor, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xizmatchilari birgalikda “Mini-futbol” sport turi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi.