Joriy yilning 17-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi assistent o‘qituvchisi A.Shilmanov tomonidan Buxoro shahar №29 sonli IDUM sport zalida iyun oyida malaka oshirish kursiga kelgan “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” yo‘nalishi 2-guruh tinglovchilariga “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” modulidan «Gimnastika jixozlarida bajariladigan mashklar texnikasi va xavfsizlik qoydalari» mavzusida pedagogik amaliyot o‘tildi. Tinglovchilar jismoniy tarbiya darsida gimnastik jihozlarda mashqlarni bajarish davrida o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z tajribalarini oshirdi va bu tajribani amalda sinab ko‘rishdilar.




