Joriy yilning 17-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va Qozog‘iston Respublikasi Orleu Almati viloyati malaka oshirish instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hamkorlik memorandumini tuzishdan maqsad: yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlash, soha vakillarini xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish.




