VIDEOKONFERENTSIYA O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining  2018 yil 14 -avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini ishini  yana-da  takomillashtirish haqida” gi 658-sonli qarorining 5-punktiga asosan, O‘zbekiston  Respublikasi Maktabgacha  taʼlim  vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus taʼlimi vazirliklari rahbarligida,   mazkur vazirliklar va muassasalar har yili 15-noyabrgacha, keyingi  yilda malakasini  oshirish  kurslariga malaka oshirishga yuboriladigan  tinglovchilar kontingentini Turizm va sport vazirligiga  shakllantirib berish  vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan, 2022 yil  uchun  tinglovchilar  ro‘yxatini  shakllantirishda  Qoraqalpoǵiston  Respublikasi sport taʼlimi  muassasalariga  amaliy yordam berish maqsadida Nukus filialida 11-noyabr kuni soat 10:00 13:00 oralig‘ida zoom platformasi orqali  videokonferentsiya o‘tkazildi.